10:07 / 21.12.2016
7 175

General Motors’ning Rossiyadagi vakolatxonasi endi Cadillac Russia deb nomlanadi

General Motors’ning Rossiyadagi vakolatxonasi endi Cadillac Russia deb nomlanadi

General Motors’ning Rossiyadagi vakolatxonasi endi Cadillac Russia deb nomlanadi. Korporasiya shu tariqa Rossiyada mazkur brendni rivojlantirishga qaror qildi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AK xabar bermoqda, deya yozadi Daryo.uz.

«Biz 2015 yilda e’lon qilingan rivojlanish starategiyasiga amal qilyapmiz. Rossiyada Cadillac brendining turli-tuman modellari taqdim etilmoqda va bu kelgusida yanada kengaytiriladi», — deya ta’kidladi Cadillac Russia kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Sergey Lepnuxov.

Rossiyada Cadillac avtomobillari sotuvi joriy yil 11 oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshib, 1121 donani tashkil etdi. Cadillac Jaguar va Lexus bilan birga 2016 yil sotuv hajmini ko‘paytirgan oliy toifadagi avtobrendlar uchligidan o‘rin oldi.

Brendning Rossiyada ommalashgan modeli sifatida Cadillac Escalade’ni keltirish mumkin: joriy yil ushbu mashinalar hissasiga jami sotuv hajmining to‘rtdan uch qismi (859 dona) to‘g‘ri keldi.

Kelgusi yili Cadillac’ning Rossiyadagi dilerlik markazlari soni hozigi 11 tadan 19 taga etishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » General Motors’ning Rossiyadagi vakolatxonasi endi Cadillac Russia deb nomlanadi