12:56 / 17.04.2015
7 596

Xitoyda 10 soniyada quvvatlanadigan elektrobuslar tayyorlandi

Xitoyda 10 soniyada quvvatlanadigan elektrobuslar tayyorlandi

Xitoyning Ninbo shahridagi ishlab chiqarish markazida 10 soniyada olgan quvvati bilan besh kilometrgacha harakatlana oladigan elektrobus tayyorlandi. Bu haqda «24.kg»'ga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.

Uzunligi 18 metr bo‘lgan elektrobus «Nanche» janubiy lokomotiv ishlab chiqarish korporasiyasining sho‘basi bo‘lmish Chjuchjou elektrovozlar kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.

Yangi elektrobuslar uchun elektr uzatish liniyasi bo‘lishi shart emas, ularning harakatlanishi uchun har bir bekatda tez quvvat beruvchi moslamalarni o‘rnatish kifoya. Yo‘lovchilar tushib-chiqishiga ketadigan 30 soniya ichida akkumlyator quvvat olishga ulguradi va yana besh kilometrgacha yura oladi.

Bunday akkumlyatorni 1 million martadan ko‘proq qayta quvvatlantirish mumkin, elektrobus va akkumlyator 12 yil xizmat ko‘rsata oladi. Shuningdek, akkumlyator elektrobus qo‘zg‘alishi va to‘xtashi vaqtida to‘planadigan energiyaning 80 foizini qayta ishlay oladi, bu elektrni 30—50 foizga tejash imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda 10 soniyada quvvatlanadigan elektrobuslar tayyorlandi