Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida uzunligi 24 kmga cho‘zilgan transport yo‘lagi barpo etish ishlari boshlandi. Unga kiritilgan sarmoya 46 mlrd yuanligi baholanmoqda (bu taxminan 6,6 mlrd dollarga teng), deb yozadi Carzone sayti.
Loyihaga asosan transport yo‘lagi tonnel-ko‘priklar va sun’iy orolchalardan tashkil topadi. U Shenchjen shahrining yaqinidagi Chjuszyan daryosi etagi qirg‘oqlarini birlashtiradi.
Ko‘rfazning ikki tarafi orasidagi masofa ilgari 2 soatda bosib o‘tilsa, qurilish ishlari yakun topgach, 20 daqiqaga tushadi. Yo‘l ikki yo‘nalishda sakkiz polosadan iborat. Tonnel-ko‘prik o‘tish yo‘lida soatiga 100 km tezlikda yuriladi.
XXR uch yil davomida transport infrastrukturasi qurilishi loyihalari uchun 725 mlrd dollar sarmoyalashini may oyining oxirida Xitoy Xalqaro radiosi (CRI) e’lon qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi