Bugun, 3 yanvar kuni yarim tunda, soat 01:00 atrofida Toshkentda dahshatli YTH qayd etildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari bergan xabarga asoslanib Qalampir.uz sayti ma’lum qilmoqda.
Yog‘ingarchilik vaqtida erdagi chang suv bilan aralashadi. Natijada esa er muzlagandanda xavfliroq holatga keladi. Bunday vaqtda esa tezlikni oshirish, zudlik bilan to‘xtash tavsiya etilmaydi. Tunda sodir bo‘lgan YTHga aynan shular sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Toshkent shahrining Sebzor ko‘chasidan kelayotgan avtomobil tonnelga tushib ketayotgan chog‘ida YTHga uchradi. Eng qizig‘i Gentra rusumidagi mazkur avtomobil bilan sodir bo‘lgan YTHning boshqa ishtirokchisi yo‘q. Avtomobil yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urilgan va tanib bo‘lmaydigan holatga kelib qolgan.
Avtomobilning hozirgi holatidan ko‘rinib turibdiki, haydovchi yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: haydovchi omonmi? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarga qaraganda, haydovchining qo‘li va burni singan. U zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi