date

Ba'zi bemorlarga xavfsizlik kamarini taqmaslik ruxsat etiladi

Ba'zi bemorlarga xavfsizlik kamarini taqmaslik ruxsat etiladi

O‘zbekistonda ayrim kasalliklarga chalingan odamlar uchun avtomobil boshqarishda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilishi mumkin. Shu boradagi loyiha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan muhokamaga qo‘yildi.

Loyihada xavfsizlik kamaridan foydalanish sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi yoki jismonan imkonsiz bo‘lgan 18 ta holat va kasallik ro‘yxati keltirilgan. Ushbu toifaga kiruvchi haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqmaslik uchun maxsus QR-kod bilan tasdiqlangan tibbiy ma’lumotnoma olishlari talab etiladi.

Bu hujjat yo‘l harakati nazorati inspektorlari tomonidan jarimaga tortilishining oldini olish imkonini beradi. Ro‘yxatga quyidagi holatlar kiritilgan:

• yelka va ko‘krak suyagining singani;

• yelka kamari singani;

• qovurg‘alar singani;

• umurtqaning bosim ostida singani;

• surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (IV bosqich);

• bronxial astma (IV bosqich);

• o‘pkaning interstitsial zararlanishi;

• o‘pkaning bir qismini yoki to‘liq olib tashlash (chap yoki o‘ng);

• surunkali yurak yetishmovchiligi (III bosqich va dekompensatsiya bosqichi);

• III darajali semizlik (BMI ≥ 40);

• past bo‘y (nanizm) — 150 sm dan past;

• qo‘l yoki yelkani harakatlantirishni chegaralaydigan nevrologik kasalliklar;

• ko‘krak sohasida og‘ir allergik yoki dermatologik kasalliklar (ekzema, psoriaz);

• ko‘krak yoki yelka sohasidagi protez yoki implantlar;

• ko‘krak qafasi yoki qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan ochiq jarrohlik amaliyotlari;

• stomaning mavjudligi (sun’iy chiqish yo‘li);

• ko‘krak qafasida katta o‘smalar (o‘simta);

• homiladorlik.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ba'zi bemorlarga xavfsizlik kamarini taqmaslik ruxsat etiladi