Toshkent aeroportida samolyot ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Guruhdagi xabarlarga ilova qilingan fotosuratlarda CIP-toifadagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi yirik avtobus, foydalanuvchilar taxminiga ko‘ra, Boeing deb taxmin qilingan samolyot motoriga borib urilgan.
Foydalanuvchilarning yozishicha, katta ehtimol bilan, avtobus haydovchisi motorni o‘chirmay va qo‘l tormozini ko‘tarmay avtobusdan tushgan, avtobus esa o‘zi harakatlanib ketib, samolyotga borib urilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroporti yoki “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hech qanday bayonot yoki izoh berganicha yo‘q. Hodisa natijasida jabrlanganlar bormi-yo‘qmi, noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi