O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida mamlakatda 370 mingdan ortiq yengil avtomobil tayyorlangan. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 30 mingta ko‘pdir.
10 oylik natijalarga ko‘ra, eng ko‘p ishlab chiqarilgan modellar quyidagicha:
Cobalt – 131 769 dona
Damas – 75 846 dona
Tracker – 40 034 dona
Onix – 25 599 dona
KIA – 21 970 dona
Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, ichki bozorda talab barqaror o‘sishda davom etmoqda hamda omma tomonidan eng ko‘p tanlanadigan modellar aniq shakllanib bormoqda.





























Izohlar 0
…