23:44 / 09.02.2017
6 564

Adidas “Tesla”ni ko‘chirmachilikda aybladi

Adidas “Tesla”ni ko‘chirmachilikda aybladi

Adidas kompaniyasi Tesla Model 3 elektromobilining logotipi plagiatligini da’vo qilmoqda. Elektrokarning uch polosali emblemasi, nemis markasining logotipiga juda ham o‘xshash. Adidas vakillari bu masalada rasman e’tiroz bildirdi.

Hujjatda Adidas uch polosali logotipni 1952 yildan beri ishlatishi ko‘rsatilgan. “Adidas”chilar Model 3ning logotipi “bir xil yoki juda o‘xshash”ligini ta’kidlamoqda.

Geek Wire yozishicha, elektromobilsoz kompaniya da’voga e’tibor qaratdi va uch gorizontal polosani “3” soniga o‘xshatib qo‘ydi. Endi u uchta chiziq emas, raqamga aylandi. Buni “Tvitter” sahifasida Elon Maskning o‘zi tasdiqladi.

Tesla Model 3ning birinchi sotiladigan nusxalari 2018 yildan so‘ng paydo bo‘ladi. Dastlabki prototipi 2016 yilning aprelida ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Adidas “Tesla”ni ko‘chirmachilikda aybladi