
28 fevral kuni Toshkentning O‘zgarish dahasida Mercedes-Benz rusumli avtobus yonib ketdi. Bu haqda Facebook‘dagi «Voditeli Tashkenta» guruhiga asoslanib «Daryo» ma’lum qildi.
Postga ilova qilingan surat avtobusdan ancha orqada turib olingan bo‘lib, unda jamoat transporti vositasidan quyuq tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin. «Navbatdagi avtobus yonmoqda», — deyiladi postda.
Izohlarda foydalanuvchilarning voqeaga nisbatan taajjub va norozilik to‘la fikrlarini o‘qish mumkin.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar, shuningdek, avtobus qay darajada zarar ko‘rgani haqida ma’lumot yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar