Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolaridan biri Toshkentda o‘zi o‘tirgan mashina haydovchisining oyoqlari yo‘qligidan hayratlanganini ma’lum qildi va tegishli fotosuratni taqdim etdi, deb xabar bermoqda Daryo.uz.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Matiz avtomobilida harakatlanuvchi bu inson kirakashlik bilan shug‘ullanadi. Guruhning boshqa a’zolari ham uning xizmatlaridan foydalanganini aytib, u avtomobilni ancha xavfsiz boshqarishi, bu ishni ko‘pchilik oddiy haydovchilardan yaxshi uddalashini e’tirof etgan. Qayd etilishicha, u oyoq bilan bajariladigan amallarni qilish uchun maxsus moslamadan foydalanadi.
Guruh foydalanuvchilari nogiron bo‘lishiga qaramay mehnat qilayotgani aytilgan bu insonning harakatlarini maqtovlarga ko‘mib tashlagan. Shuningdek, foydalanuvchilar shunga o‘xshash boshqa holatlarga ham guvoh bo‘lganini qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi