18:57 / 17.03.2017
22 189

O‘zbekistonda chiroyli avtomobil nomerlari sotilmaydi

O‘zbekistonda chiroyli avtomobil nomerlari sotilmaydi

O‘zbekiston hozircha "555", "777" kabi chiroyli avtomobil nomerlarini sotuvga chiqarishni rejalashtirmagan, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tanloviga qarab avtomobil nomerlari sotilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Foydalanuvchilar hatto guyoki tasdiqlangan narxlarni ham chop etishgan edi. Unga ko‘ra "chiroyli" nomerlar 3 milliondan 30 million so‘mgacha bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.

"O‘zbekistonda davlat raqamlarini sotish tajribasi yo‘q va rejalashtirilmagan ham. Bunday amaliyot dunyoning ayrim mamlakatlarida qo‘llaniladi, shuning uchun ham bizning avtomobilchilarimizda ham shunday savollar paydo bo‘lmoqda. Avtomobil davlat raqami narxi qonun tomonidan belgilangan, qolgani — uydirma. Nomerlar tasodifiy ravishda beriladi", — dedi suhbatdosh.

O‘zbekistonda chiroyli nomerlarga qiziqish juda katta. Ayrim avtomobilchilar chiroyli nomer bilan yurishni qo‘shimcha "obruy" yoki "bezak" deb tushunadi. Shuning uchun ham bunday kishilar chiroyli nomer uchun mo‘maygina pul to‘lashga tayyor.

Ko‘pgina mamlakatlarda bunday imkoniyatdan davlat g‘aznasini boyitish uchun unumli foydalanishadi. Dunyodagi eng qimmat 10ta avtomobil nomerlari BAAdagi auksionlarda 1,1 mln. — 9 mln. dollar narxlarda sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda avtomobil davlat raqami olish uchun 225 ming so‘m to‘lash kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda chiroyli avtomobil nomerlari sotilmaydi