
Kecha, 2 aprel kuni taxminan soat 11:40larda Toshkent viloyatining Qibray tumanida, “Feruza” temir yo‘l bekatidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda pishiq g‘isht ortilgan “ZiL” yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
“ZiL” avtomobili haydovchisining aytishicha, YTH oq rangli “Spark” rusumli avtomashina qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan. Undan qochishga uringan “ZiL” esa o‘z ag‘anab ketgan.

“ZiL” haydovchisi jabrlanmagan va mashina kabinasidan o‘zi chiqib olgan. “Spark” haydovchisi esa voqea joyini tashlab ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar