Statistika: har bir uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni aniqlandi

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yakunlariga kelib O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 61 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. So‘nggi o‘n yil ichida ushbu ko‘rsatkich barqaror o‘sishni qayd etgan bo‘lib, 2010-yilda bu raqam atigi 21 ta edi. Shuningdek, statistikada uy xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni ancha yuqori — 359 tani tashkil etishi aytilgan.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 61 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi axborot berdi.
Ma’lumotlarda qayd etilishicha, so‘nggi o‘n yil davomida ushbu ko‘rsatkich barqaror o‘sish yo‘nalishida o‘zgarib borgan. Xususan, 2010 yilda 100 ta uy xo‘jaligiga 21 ta avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2015 yilda bu raqam 42 taga ko‘tarilgan.
2020 yilga kelib esa avtomobillar ulushi 49 tani tashkil etgan. 2025 yilga kelib esa mazkur ko‘rsatkich 61 taga yetgani qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 359 ta mobil telefon to‘g‘ri kelishi haqida ham statistik ma’lumot berilgan edi.































Izohlar 0
…