16 230
GM Uzbekistan uch rusumdagi mashhur yangi zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi
O‘zbekiston va Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasida to‘qqizta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «UzDaily»ga asoslanib «Kun» nashri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Seulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Koreya biznes forumi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmonlari avtomobil sanoatida to‘qqizta loyihani amalga oshirish bo‘yicha investisiyaviy shartnomalarni imzolashdi.
Loyihalarning narxi va shartnomalarning qiymati haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Qayd etishlaricha, ushbu shartnomalar doirasida GM Uzbekistan uch rusumdagi mashhur yangi zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Avvalroq GM Uzbekistan T250 (Aveo) modelidagi avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasi esa yangi avlod avtomobil dvigatellari ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi. Shuningdek, O‘zbekistonda avtomobil transmissiyalari va butlovchi qismlari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi