21:11 / 01.06.2015
13 235

“GM Uzbekistan” kompaniyasi Chevrolet Tracker ni sinovdan o‘tkazad

“GM Uzbekistan” kompaniyasi Chevrolet Tracker ni sinovdan o‘tkazad

GM Uzbekistan kompaniyasi xodimlari O‘zbekiston shaharlari bo‘yicha bir hafta davom etadigan Rally Muynak avtopoygasi davomida Chevrolet Orlando va yangi model – Chevrolet Tracker’ni sinovdan o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Kun.uz. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilmoqda. Bu loyihadan maqsad O‘zbekiston bo‘ylab avtomobillarda sayohatlarni ommalashtirishdan iborat.

Avtopoyga ishtirokchilari bir hafta davomida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlar, Chashma majmuasi va Nurotadagi Aleksandr Makedonskiyning “Nur” qal’asi xarobalari, Qizilqum cho‘li, Aydarko‘l qo‘li va yurtimizning boshqa ko‘plab qiziqarli joylariga tashrif buyuradi. Avtosayohatchilarni yo‘lda Ayoz-Qal’a qo‘rg‘oni, Amudaryodan kechuv hamda ko‘pchilik sayyohlarning orzusi bo‘lgan ekzotik shahar Mo‘ynoq kutmoqda.

Ushbu loyihada 4 avtomobilda 9 kishi ishtirok etadi. Avtopoygada yurtimiz avtosanoati vakillari ham ishtirok etmoqdalar. “GM Uzbekistan” xodimlari qolgan ishtirokchilar barobarida avtpoygada ishtirok etishlari bilan birga Chevrolet Orlando va kompaniyaning yangi modeli – Chevrolet Tracker ni sinovdan o‘tkazadi.

“Yaqinda bizning zavodimiz Chevrolet Tracker modelini oldi va avtopoygada biz bu modelni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Bizning vazifamiz yangi Chevrolet Tracker va Chevrolet Orlando modellarining murakkab sharoitlarda o‘zlarini qanday tutishini aniqlashdan iborat. Biz avtomobillarni chang, qum sharoitida hamda yuqori haroratda uzoq masofaga yurishda sinovdan o‘tkazamiz, benzin adaptasiyasiga e’tiborni qaratamiz, safar yakunidan keyin hisobot tayyorlaymiz. Shu tariqa, bu mashinani chiqarishdan avval uni bizning bozorga moslashtira olamiz”, deb aytmoqda “GM Uzbekistan” kompaniyasining sport bo‘linmasi rahbari Sherzod Jumaev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “GM Uzbekistan” kompaniyasi Chevrolet Tracker ni sinovdan o‘tkazad