Tesla Xitoyda AI ovozli yordamchini roʻyxatdan oʻtkazdi

Tesla kompaniyasi Xitoyda generativ sunʼiy intellekt asosida ishlovchi ovozli yordamchi funksiyasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazdi.
Shankhay maʼlumotlariga koʻra, ushbu texnologiya Xitoy Kibermakon boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan 158 ta sunʼiy intellekt ilovalari qatoriga kiritilgan.
Mazkur qadam Tesla tomonidan Xitoy avtomobil bozoridagi raqobatda oʻz oʻrnini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan. Chunki mahalliy ishlab chiqaruvchilar allaqachon oʻz avtomobillariga AI tizimlarini joriy qilib ulgurgan.
Avvalroq kompaniya Xitoy bozoridagi mavqeini kuchaytirish uchun DeepSeek va ByteDance’ning Doubao AI tizimlarini ham oʻz modellariga integratsiya qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bu strategiya Tesla avtomobillarini mahalliy isteʼmolchilar uchun yanada qulay va jozibador qilishga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!