AvtoVAZ yangi Lada Azimut krossoverini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

1 daqiqa o'qish2.2K
AvtoVAZ yangi Lada Azimut krossoverini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

Rossiyaning "AvtoVAZ" kompaniyasi yiliga 70 ming donagacha Lada Azimut krossoverini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu model "Vesta" platformasi negizida yaratilgan boʻlib, uning uchun mingga yaqin original komponentlar, jumladan, yangi kuzov panellari va orqa osma tizimi ishlab chiqilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avtomobilning seriyali ishlab chiqarilishi 2026-yilning sentyabr oyiga moʻljallangan. Dastlabki bosqichda krossover 1,6 va 1,8 litrli atmosferali dvigatellar, 6 pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi yoki variator bilan taklif etiladi. Keyinchalik 150 ot kuchiga ega turbomotorli va klassik avtomat uzatmali versiyalar ham paydo boʻladi.

Shuningdek, kompaniya Lada Azimut negizida gibrid modelni ham ishlab chiqmoqda. 2026-yilning uchinchi choragida taqdim etilishi kutilayotgan ushbu versiya 394 ot kuchi quvvatga, toʻliq uzatmalar tizimiga va 1100 kilometrgacha masofani bosib oʻtish imkoniyatiga ega boʻlishi aytilmoqda.

Yangi krossover jihozlanishi boʻyicha ham ajralib turadi. Model 10 dyuymli media tizim ekrani, panoramali tom va oldingi yon oynalarni isitish tizimi kabi qulayliklar bilan taʼminlanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?