date

Rossiya elektromobillar bozorida yangi yetakchilar: Umo va Evolute peshqadam

Rossiya elektromobillar bozorida yangi yetakchilar: Umo va Evolute peshqadam

Rossiya elektromobillar bozorida kutilmagan o‘zgarishlar yuz berdi. Yaqin vaqtgacha bozor yetakchisi bo‘lib kelgan Zeekr brendi o‘z o‘rnini boshqa ishlab chiqaruvchilarga bo‘shatib berdi. 2026-yilning aprel oyi yakunlariga ko‘ra, Evolute va Umo eng ko‘p sotilgan elektromobillar qatoridan joy oldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Evolute brendi 409 ta avtomobil sotib, bozorning 45 foizini egalladi. Ikkinchi o‘rinni esa 184 ta avtomobil bilan Umo brendi band etdi. Umo aslida Yandex kompaniyasining subbrendi hisoblanib, ushbu avtomobillar Moskva avtozavodida yig‘iladi va asosan taksi parklari uchun mo‘ljallangan.

Umumiy hisobda, bir oy davomida Rossiyada 906 ta yangi elektromobil sotilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 14 foizga ko‘pdir. Eng ommabop model Evolute i-JOY bo‘lib qolmoqda, undan keyingi o‘rinlarda Umo 5, Avatr 12, Avatr 11 va Geely EX5 modellari qayd etildi.

Bozorning kuchli beshligiga Xitoyning Avatr, Geely va BYD brendlari ham kirdi. 2026-yilning dastlabki to‘rt oyi davomida Rossiya elektromobillar bozori 20 foizga o‘sib, jami 3,2 mingta avtomobil sotuviga yetdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Rossiya elektromobillar bozorida yangi yetakchilar: Umo va Evolute peshqadam