Rossiyada eng arzon ramali Tank yo‘ltanlamasi xitga aylandi

Great Wall Motor kompaniyasi o‘zining ramali Tank 300 yo‘ltanlamasi Rossiya bozorida muhim natijaga erishganini ma’lum qildi. 2023-yil fevral oyidan buyon ushbu modelning sotuvi 35 ming donadan oshdi. Yubiley avtomobili "Oq Olxon" rangidagi "Siti Drayv" versiyasida ishlab chiqarildi, uning 2026-yilgi model yili uchun narxi 4,8 million rublni tashkil etadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Statistikaga ko‘ra, xaridorlar orasida eng ommabop komplektatsiya "Siti Premium" bo‘lib, u umumiy sotuvlarning 40 foizini tashkil qiladi. Hududlar kesimida esa yetakchilik Moskva va Moskva viloyatiga tegishli (25,7 foiz). Undan keyingi o‘rinlarda Privoljsk va Shimoli-G‘arbiy federal okruglari bormoqda.
Tank 300 uchun eng ko‘p tanlangan rang "Qora Bogdo" bo‘lib, 12 mingdan ortiq xaridor aynan shu rangni ma’qul ko‘rgan. Shuningdek, xaridorlarga "Oq Olxon", "Kulrang Shantar", "Charskiy apelsin" va "Qizil Elton" ranglari ham taklif etiladi.
Texnik jihatdan avtomobil 218 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbomotor va 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Yo‘ltanlamas 224 mm klirensga ega bo‘lib, 700 mm chuqurlikdagi suv to‘siqlarini yengib o‘ta oladi va 2500 kg gacha bo‘lgan tirkamani tortish imkoniyatiga ega.
Rossiya bozori uchun mo‘ljallangan modellar kuchaytirilgan korroziyaga qarshi himoya va to‘liq qishki paket bilan ta’minlangan. Unga o‘rindiqlar, rul chambaragi, oynalar va yuvish tizimi forsunkalarini isitish funksiyalari kiritilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!