Yangi Skoda Kodiaq 2027 Alp togʻlarida sinovdan oʻtkazilmoqda

Yevropa yoʻllarida 2027-yilgi model qatoriga kiruvchi Skoda Kodiaq krossoverining test prototipi paydo boʻldi. Alp togʻlari yaqinida suratga olingan avtomobil tasvirlarini autoevolution nashri eʼlon qildi. Suratlarga koʻra, krossoverning old qismi brendning yangi korporativ uslubiga mos ravishda sezilarli darajada qayta ishlanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ommabop modelning old qismi yanada oʻtkirroq shaklga ega boʻldi, bamper ostidagi havo kirish qismi esa odatdagi asalarichi uyasi koʻrinishidagi panjaradan voz kechib, koʻndalang elementlarga ega boʻldi. Shuningdek, vertikal havo kanallari va radiator panjarasi ham oʻzgarib, avtomobil tashqi koʻrinishi Modern Solid dizayn tiliga yaqinlashgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtomobil salonini ham jiddiy yangilanishlar kutmoqda. Skoda kompaniyasi Volkswagen Group’ning toʻrtinchi avlod multimedia tizimidan voz kechib, Android Automotive platformasiga oʻtishi mumkin. Bu esa foydalanuvchilar uchun yanada qulay interfeys va keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Yana bir muhim oʻzgarish boshqaruv elementlariga tegishli. Avvalroq Tiguan va Kodiaq modellarida debyut qilgan raqamli boshqaruv tugmasi (shayba) oʻrnini eng koʻp qoʻllaniladigan funksiyalarga tezkor kirish imkonini beruvchi jismoniy tugmalar egallashi kutilmoqda. Bu haydovchining diqqatini yoʻldan chalgʻitmaslikka xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!