date

Rossiyalik haydovchilar BMW oʻrniga Li Auto modellarini tanlamoqda

Rossiyalik haydovchilar BMW oʻrniga Li Auto modellarini tanlamoqda

“Avtostat” agentligi Lixiang (Li Auto) klubi bilan hamkorlikda oʻtkazgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, rossiyalik avtomobil egalari ommaviy ravishda gibrid krossoverlarga oʻtishni boshlagan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, Li Auto egalarining aksariyati ilgari Germaniya va Yaponiya premium brendlaridan foydalangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Statistikaga koʻra, Li Auto egalarining 15,2 foizi avval BMW haydagan. Ikkinchi oʻrinni 11,2 foiz koʻrsatkich bilan Volkswagen egallagan boʻlsa, keyingi pogʻonalardan Audi (9,1%), Mercedes-Benz (8,5%) va Lexus (6,4%) joy olgan. Bu tendensiya Xitoyning yuqori texnologiyali gibridlari anʼanaviy lyuks brendlar bilan jiddiy raqobatlashayotganini koʻrsatadi.

Qizigʻi shundaki, xaridorlar Li Auto modelini tanlashdan oldin muqobil variant sifatida yana oʻsha BMW brendini (23,3%) koʻrib chiqishgan. Shuningdek, roʻyxatda Voyah va Zeekr kabi brendlar ham qayd etilgan. Soʻrovda qatnashganlarning 17,2 foizi esa Lixiang modellariga umuman muqobil koʻrmaganliklarini taʼkidlashgan.

Avtomobil egalari ushbu brendni tanlashlariga asosiy sabab sifatida dinamika, zamonaviy dizayn, interyer qulayligi, funksionallik va yigʻuv sifatini koʻrsatishgan. Brendga boʻlgan sadoqat darajasi ham hayratlanarli: soʻrovda qatnashganlarning 94 foizi kelajakda yana Li Auto mahsulotlarini sotib olishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Rossiyalik haydovchilar BMW oʻrniga Li Auto modellarini tanlamoqda