date

Honda Ridgeline ishlab chiqarishni toʻxtatib, 2028-yilda yangi V6 bilan qaytadi

Honda Ridgeline ishlab chiqarishni toʻxtatib, 2028-yilda yangi V6 bilan qaytadi

Honda kompaniyasi oʻzining Ridgeline pikapini jiddiy yangilash maqsadida model ishlab chiqarishda 1,5 yillik tanaffus eʻlon qildi. Kompaniyaning Alabamadagi zavodida ushbu modelni yigʻish 2026-yilning toʻrtinchi choragida toʻxtatiladi va faqat 2028-yilning uchinchi choragiga kelib qayta tiklanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu tanaffus davomida boʻshagan ishlab chiqarish quvvatlaridan Passport va Odyssey modellarini koʻproq chiqarish uchun foydalaniladi. Ridgeline modelining vaqtincha toʻxtatilishiga nafaqat savdo hajmining pastligi, balki qatʻiylashib borayotgan ekologik meʻyorlar ham sabab boʻlgan.

Kutilayotgan yangilanish doirasida pikap butunlay yangicha dizayn, takomillashtirilgan butlovchi qismlar va eng muhimi, yangi ekologik talablarga javob beradigan modernizatsiya qilingan V6 dvigateliga ega boʻladi. Honda vakillari modelning texnik tafsilotlarini ochiqlamagan boʻlsa-da, Ridgeline brend uchun muhimligicha qolishini taʻkidlashdi.

Maʻlumot uchun, Ridgeline bozorda unchalik yuqori koʻrsatkichlarga ega emas. Masalan, 2026-yilning birinchi choragida AQSHda 10 980 dona ushbu model sotilgan boʻlsa, uning asosiy raqobatchisi Toyota Tacoma xuddi shu davrda 69 mingdan ortiq nusxada realizatsiya qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Honda Ridgeline ishlab chiqarishni toʻxtatib, 2028-yilda yangi V6 bilan qaytadi