
GM Uzbekistan avtomobillari rang palitrasi 12 ta rangdan iborat.
Oltita eng ommabop avtomobil bo‘yoqlari barcha ranglarning 97 foizini tashkil etadi, bular — oqish-kulrang, to‘q kulrang, kumush rang, sut rangi, kulrang-sadaf rang, qora.
GM standartiga muvofiq, barcha avtomobillarning 3 foizdan kamroq hissasi to‘g‘ri keladigan ranglar ishlab chiqarishdan chiqariladi. Shunga qaramay, mijozlar talablarini qondirish uchun GM Uzbekistan ishlab chiqarishda barcha ranglar palitrasiga ega.
Shu bilan birga, yangi ranglar majmui joriy etilmoqda. Xususan, 2016 yil sentyabrdan «sadaf rang-jigarrang», shuningdek, qora, kulrang, qizil va ko‘k rangning yangi tuslari kiritildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar