Toshkent shahrining Amir Temur shohko‘chasida joylashgan svetofor yaqinida 10 soniya ichida oltita qo‘pol qoidabuzarlik sodir etilgani qayd etildi. Ushbu holat «Daryo» mobil muxbiri tomonidan videoga olindi.
21 iyun kuni soat 18:14 da avtomobil videoregistratoridan yozib olingan lavhada ketma-ket oltita avtomobil qizil chiroqqa to‘xtamay o‘tib ketgani ko‘rinib turadi.
Jumladan, videoning 8-soniyasida davlat raqami 10 Z 969 DA bo‘lgan oq Nexia, 9-soniyasida raqmi aniqlanmagan oq Spark, 11-soniyasida davlat raqami 01 Y 084 PA bo‘lgan oq Matiz, 13-soniyasida davlat raqami 01 P 721 RA bo‘lgan kulrang Lacetti, 16-soniyasida davlat raqami 01 R 233 SA bo‘lgan oq Spark, 18-soniyasida raqami aniqlanmagan kulrang «Jiguli 099» qizil chiroqqa o‘tib ketgan.
Transport vositalari haydovchilari tomonidan svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmay o‘tish uchun eng kam ish haqining ikki baravari (2015 yil 22 iyun uchun 236 800 so‘m) miqdorida jarima belgilangan bo‘lib, ushbu holatda 10 soniya ichida 1 420 800 so‘mlik jarima solinishi mumkin edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi