Dunyo avtokonsernlari elektr, quyosh energiyasi yordamida, shunindek, haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar, uchadigan avtomashinalar va Ilon Maskning HYPERLOOP loyihasi ustida bosh qotirayotgan bir paytda, yurtimizdagi yengil avtomobil ishlab chiqarishga asoslangan monopol tashkilot — GM-Uzbekistan narxni oshirish ustida bosh qotirmoqda.
Dunyodagi etakchi davlatlardan biri, Janubiy Koreya sobiq prezidentining «Mo‘’jiza sodir bo‘lmaydi» nomli kitobida monopol tashkilot davlatning rivoji uchun hech qachon xizmat qilmasligini, sifat borasida ham oqsoqliklar kuzatilishini yozgan holda, unga mos ravishda yana bir va bir necha korxonalar barpo etilishi mamlakatda muayyan sohada sog‘lom raqobatning vujudga kelishi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.
Balki bu fikrlar to‘g‘ridir, balki bizga unchalik ham mos kelmas, lekin sifat borasidagi gaplariga qo‘shilmasdan ilojimiz yo‘q.
Keling, avtosalondan xarid qilingan avtomashinaning kamchiliklari borasidagi mavzuga o‘tmaylik, shusiz ham bu sohadagi boshqa muammolar etarlicha! Xaridorlar bu kompaniyaning beo‘xshov qiliqlaridan shu darajaga borib etishdiki, «bitta eshigi yo‘q ekan, eshikni yana 3 oy kutasiz», — deyishsa, «e, mayli, eshikni o‘zim sotib olarman, mashinani chiqarib bersang bo‘ldi», deyishga ham rozi.
Deyarli mahalliylashgan korxonaning mahsulotlarini xorijiy valyutada olishga rozi bo‘lmasdan ilojimiz yo‘q edi. «Xohlasang shu, bo‘lmasa, ana katta ko‘cha». Mayli, bunga ham rozi edik, «Ji-Em»ga dollarda sotilayotgan mashinalari uchun davlat kursining muntazam oshib borishi endi xalq tili bilan aytganda «nevigodno» bo‘la boshladi.
«Nima qilmoq kerak?» — ular uzoq bosh qotirib o‘tirishmadi ham. «Ketsa — xalqdan ketyapti, narxni oshiramiz. Lekin, belgilab qo‘yinglarkim, dollarning MB tomonidani sotish yoki xarid qilish mas’uliyatisiz belgilab beriladigan davlat kursi har seshanba ko‘tarilsa, avtomobillarimizning ham narxi shunga mos ravishda oshadi. Eski xatoni takrorlamasligimiz kerak!»
Shu paytgacha asosan uyali aloqa kompaniyalari va aksariyat internet-provayderlarning tarif rejalari dollarda belgilangan, uni to‘lashda Markaziy bankning o‘sha haftadagi kursiga qarab, so‘mda to‘lab kelar edik.
Internet-provayderlar va uyali aloqa kompaniyalari dollardagi tarif rejalaridan voz kechib, to‘liq so‘mlik tarif rejalariga o‘tkazish jarayoni boshlanganida «Ji-Em Uzbekistan»ning qilgan ishi «yotib qolguncha otib qol» qabilida bo‘lyaptimi? “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi