07:07 / 07.07.2017
10 640

«O‘zavtosanoat» va «Pejo Sitroen» O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqaruvchi yangi zavod qurilishini boshladi

«O‘zavtosanoat» va «Pejo Sitroen» O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqaruvchi yangi zavod qurilishini boshladi
«Jizzax» erkin iqtisodiy hududida 6 iyulda yangi UZBEKISTAN PEUGEOT CITROEN AUTOMOTIVE ishlab chiqarish majmuasining poydevoriga kapsulani qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Ushbu loyiha davomida 45 gektarlik er maydonida "noldan" boshlab yiliga 16 ming avtomobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi quriladi. Zavodni loyihalashtirish fransuz kompaniyasining tajribali muhandislari bilan birga "Pejo Sitroen" standartlari va talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Zavodni Evropaning eng yuqori standartlari bo‘yicha ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan jarayoni va sifat nazoratini ta’minlaydigan zamonaviy texnologik liniyalar bilan jihozlash rejalashtirilgan. Zavod qurilishi mahalliy bosh pudratchi tomondan fransiyalik hamkorlar nazoratida qisqa vaqtlarda amalga oshiriladi.

Yangi majmuaning ishga tushirilishi va bozorga Evropa etakchisi – "Pejo Sitroen"ning zamonaviy yengil avtomobillarini tatbiq qilish bilan ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga, avtomobil bozori hamda yo‘lovchi va yuk tashishlar o‘sishiga ulkan salohiyat mavjuddir.

Avvalroq ma’lum qilingandek, 16 may kuni "O‘zavtosanoat" AK va "Pejo Sitroen" konserni o‘rtasida yo‘lovchi va yuk tashishlar uchun mo‘ljallangan, "Peugeot" va "Citroën" brendlari ostida yengil tijorat avtomobillarini to‘liq sikl bo‘yicha ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonani yaratish haqidagi kelishuv imzolangan.

"Pejo Sitroen" guruhi yangi texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari taqdim qiladi va xodimlarni o‘qitadi. Shuningdek, qo‘shma korxona rejalariga ishlab chiqarishning birinchi yili avtomobillar ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni jalb qilgan holda 50 foizdan kam bo‘lmagan mahalliylashtirish darajasini ta’minlash kiradi. Bugungi kunda "O‘zavtosanoat"ga tegishli 30 ga yaqin bunday yirik korxona va 160 dan ko‘proq kichik va o‘rta korxonalar mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «O‘zavtosanoat» va «Pejo Sitroen» O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqaruvchi yangi zavod qurilishini boshladi