
22 avgustdan boshlab har yili o‘tkaziladigan profilaktik ishlar munosabati bilan GM Uzbekistan AJning Asaka shahridagi zavodi vaqtincha o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi, deb yozmoqda Uz24.
Kompaniya xabarida ta’kidlanishicha, tayyor mahsulotni etkazib berish o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshiriladi. Profilaktika ishlari oldindan tuzilgan shartnoma grafiklariga ta’sir o‘tkazmaydi.
Zavod faoliyati 2017 yil 11 sentyabrdan qayta yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar