18:25 / 26.08.2017
6 453

Moskvada elektr energiyasida harakatlanuvchi avtomobil sinovdan o‘tkazilmoqda

Moskvada elektr energiyasida harakatlanuvchi avtomobil sinovdan o‘tkazilmoqda
Shu kunlarda Moskva ko‘chalarida g‘ayrioddiy avtomobil harakatlanmoqda. Sariq-qora tusga bo‘yalgan mashina shahar aholisi e’tiborini jalb qilyapti.

Hozirda elektr energiyasida harakatlanuvchi haydovchisiz avtomobil namunasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Transport vositasi soatiga 30 km. tezlikda harakatlana oladi. Ammo mutaxassislar taqdimot davomida xavfsizlik yuzasidan tezlikni soatiga 10 km.gacha pasaytirishni ma’qul deb topishdi.

Avtomobil akkumulyatorining bir martalik quvvati 100 km.lik masofani bosib o‘tish uchun yetarli. Bunday taksilar saloniga 12 kishini joylashtira oladi. Ekspertlarning aytishicha, elektromobil qonunchilikdagi cheklovlar bois 2020-yilga qadar shahar ko‘chalarida harakatlana olmaydi.

Hozircha sinov jarayoni davom etyapti. Agar loyiha kutilgan natijani bersa, u holda 2018 yildan boshlab ushbu transport vositasi ommaviy tarzda ishlab chiqariladi.

Manba: uzbekistan24.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Moskvada elektr energiyasida harakatlanuvchi avtomobil sinovdan o‘tkazilmoqda