15:40 / 30.09.2017
7 832

GM Uzbekistan yagona savdo portalini taqdim etdi

GM Uzbekistan yagona savdo portalini taqdim etdi
GM Uzbekistan avtomobillar savdosi tizimini takomillashtirish ustida ishlashda davom etadi va o‘z mijozlariga, kompaniya bilan aloqada bo‘lishning yanada qulay va maksimal darajada shaffof bo‘lgan xizmat turini taklif etdi.

29 sentyabr kuni kompaniya Yagona savdo portali - Chevrolet.uz ni ishga tushirdi. Bu o‘z yo‘nalishida yagona bo‘lgan xizmat, xaridorga real vaqtda o‘zi uchun kerakli bo‘lgan avtomobil konfiguratsiyasini, ya’ni uning: modelini, rangini, mos keluvchi to‘plamini, shuningdek, avtomobilni xarid qilish maqsadida ariza berish uchun eng yaqin avtosalonni tanlash imkonini beradi.

Ariza berishdan avval bo‘lajak xaridor o‘zi xarid qilmoqchi bo‘lgan avtomobil turi to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni vizual formatda olishi mumkin. Ya’ni uning interer va ekstereri, aynan shu to‘plamga doir mavjud funksiyalari bilan tanishish va avtomobilni xarid qilishga arizani rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan.

Avtomobil xarid qilishga arizani rasmiylashtirayotgan bo‘lajak xaridor, kerakli avtosalonda o‘zi uchun aniq modelga buyurtma berishi va shundan so‘ng o‘zi uchun qulay bo‘lgan usulda shartnoma rasmiylashtirishga va pul mablag‘larini to‘lashga o‘z navbati yaqinlashayotganini kuzatib borishi mumkin.

Yangi tizim avtomobil xarid qilishni maksimal darajada qulaylashtirishga va shu bilan bir vaqtning o‘zida, avtomobilni xarid qilishning barcha bosqichlarining shaffof bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

GM Uzbekistan yangi portalning ish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Keyingi qadam ushbu saytning mobil ilovasini ishlab chiqish va mijozlar uchun sifatli yangi funksiyalarni qo‘shib borish bo‘ladi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan yagona savdo portalini taqdim etdi