
Hodisa «Buyuk Ipak yo‘li» metro bekati yaqinidagi avtobus bekatida yuz bergan. Voqea joyidan olingan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda e’lon qilindi.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan «Nuz.uz»ga ma’lum qilishlaricha, alanga avtobusning motor bo‘lmasida kelib chiqib, so‘ng salonning orqa qismiga o‘tgan. «O‘t o‘chiruvchilar olovni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yo‘lovchilar va haydovchi avtobusni tezda tark etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Manba: Daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar