O‘zbekistonda 2019 yildan boshlab Chevrolet Tracker va yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobillari seriyali ravishda ishlab chiqarila boshlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu kelishuvga O‘zbekiston davlat rahbarining Janubiy Koreyaga bo‘lgan tashrifi davomida erishildi.
Ushbu shartnoma Chevrolet Cobalt avtomobilini yangilashni ham nazarda tutgan. Bu ichki va tashqi bozorda ushbu avtomobilga bo‘lgan qiziqishni orttirishi kerak. Ishlab chiqarish Asakadagi zavodda 2019 yilda yo‘lga qo‘yiladi.
Undan tashqari tashrif davomida “O‘zavtosanoat” va DK Group orasida mototsikllar va uch g‘ildirakli texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida shartnoma imzolandi. Ushbu mototsikl va motorollerlar uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashayotgan aholi ehtiyojlarini qondirishi kerak. Bunday texnika yordamida kichik hajmdagi yuklarni ham tashish mumkin bo‘ladi.
Prezident tashrifi doirasida “O‘zavtosanoat” AJ va Koreya korxonalari orasida umumiy qiymati 189,9 million dollar bo‘lgan yettita shartnoma imzolandi. Shuningdek, boshqa savdo vaiqtisodiy sohalarda 614 million dollarlik shartnomalar imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi