Ravon Matiz 2016 yil boshidan sotuvga chiqariladi

Restayling qilingan Ravon Matiz mashinasi 2016 yildan boshlab Rossiya avtobozorlariga chiqariladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Subkompakt xetchbek xavfsizlik yostiqchasi, ABS, immobilayzer hamda Isofix bolalar o‘rindiqlarini mustahkamlash tizimiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ertalabki chiroqlar, orqa ko‘rinishni beruvchi oynalar dizayni o‘zgaradi.
Ilgariroq xabar qilinganidek, Matiz 2015 yili “Rossiyada yil avtomobili” mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. Shu davr ichida Rossiyada bu mashinalardan 300 ming dona sotilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing