00:05 / 19.02.2018
10 695

Yangi haydovchilik guvohnomasini olish uchun qancha vaqt va mablag‘ sarflanadi?

Yangi haydovchilik guvohnomasini olish uchun qancha vaqt va mablag‘ sarflanadi?
Yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalarini berish tizimi yana ishga tushdi, deb xabar qilmoqda «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolariga tayanib «Sputnik».

«Haydovchilik guvohnomasi olish jarayoni biroz osonlashgan. Soat 14:00 da yetib keldim. Ariza yozishga 2 daqiqa vaqt ketdi. Undan so‘ng kassaga pul to‘ladim. Bunga kassada navbat bo‘lgani tufayli 10 daqiqa vaqt ketdi. Keyin hujjatlarni 3-xonaga topshirdim – 15 daqiqa. So‘ng 5-kabinetda suratga tushdim – yana 10 daqiqa. O‘sha yerda barcha hujjatlarni qoldirdim. Keyin kutib turdim. Umuman hamma yugur-yugurga 2 soatdan kam vaqt va 126 ming so‘m pul ketdi», — deb yozib qoldirgan Dilshod Nasirov nomli foydalanuvchi.

Uning aytishiga ko‘ra, yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun pasport, haydovchilik guvohnomasi, talon va imtihon varaqasi kerak bo‘lgan, xolos. To‘langan pulning 121 ming so‘mi kassaga, 5 ming so‘mi ariza to‘ldirishga ketgan.

«Shundan boshqa hech qanday ma’lumotnoma yoki sizni bir yildan ortiq haydovchilik tajribangiz borligini tasdiqlaydigan avtomobil texpasporti kerak emas!», — deya qayd etgan guruh a’zosi.

Yuqorida aytib o‘tilgan holat Fayzoboddagi YHXBda 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalari berish vaqtincha to‘xtatilganini xabar qilgan edik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yangi haydovchilik guvohnomasini olish uchun qancha vaqt va mablag‘ sarflanadi?