Banklarning endilikda avtomobil sotib olish uchun kredit berishi aholi o‘rtasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lish bilan birga ko‘pchilikni quvontirdi ham. Bank orqali taklif etilayotgan bu xizmatning talablari va shartlari qandayligi borasida mutaxassis javoblari bilan qiziqdik.
Kimlarga ajratiladi?
Fuqarolarning avtomobil sotib olish uchun kredit joriy qilish yuzasidan bildirgan takliflarini inobatga olgan holda, “GM Uzbekistan” rasmiy dilerlaridan pul ko‘chirish yo‘li bilan avtomobillarni xarid qilish uchun “Avtokredit” iste’mol krediti joriy qilindi.
Avtokredit O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni avtosalonlardan xarid qilish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladi.
Oylik to‘lovi qancha bo‘ladi?
Avtokreditning oylik to‘lovi avtomashina narxi va imtiyozli davrga bog‘liq. Masalan, avtosalondan 64 616 255 so‘mlik “Spark” avtomobilini xarid qilmoqchisiz. Garov depoziti, ya’ni avtomobil narxining 30 foizi — 19 384 877 so‘m omonat garovi qatnashganini inobatga olsak, kredit asosiy qarz to‘lovlaridan 6 oy imtiyozli davr bilan 4 muddatga ajratiladi. Mijoz tomonidan 6 oy davomida jami 64 616 255 so‘mdan yillik 20 foiz hisoblansa, o‘rtacha 1 097 590 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, mijoz tomonidan topshirgan 19 384 877 so‘m omonatga yillik 11 foiz hisoblansa, o‘rtacha 181 000 so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit foiziga qoplanadi. O‘rtadagi farq 916 590 so‘mdan 6 oy davomida to‘lab boriladi. Asosiy qarzdan imtiyozli davr 7-oyda tugab, 1 076 938 so‘m asosiy foiz bilan birgalikda 916 590 so‘m qo‘shilib, o‘rtacha 1 oylik to‘lov 1 993 528 so‘mni tashkil etadi. Bank tomonidan kredit foizlar kredit qoldig‘iga nisbatan hisoblanadi. Asosiy qarz kamayganda to‘lanadigan foiz miqdori ham kamayib boradi.
Avtomobilni sotib olish shartnomasi “GM Uzbekistan” rasmiy dilerlari tomonidan beriladi.
Yana qanday to‘lovlar mavjud?
50 million so‘mdan 80 million so‘mgacha beriladigan kreditlar eng kam ish haqi (EKIH)ning 5 barobari, 80-120 mln — EKIHning 7 barobari, 120-150 mln – EKIHning 9 barobari, 150 milliondan – EKIHning 10 barobari miqdorida komissiya belgilangan. Avtomashina kredit davriga to‘liq sug‘urta qilinadi. Sug‘urta to‘lovi o‘rtacha 1 foizni tashkil etadi.
Kafillik talab qilinadimi?
Ajratiladigan kredit miqdoridan kelib chiqqan holda kredit oluvchining ish haqi kredit bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqiladi. Misol uchun, oylik ish haqi o‘rtacha 3-4 million so‘m, ajratiladigan kreditning asosiy qarz va foiz to‘lovlari 1,5-2 million so‘mni tashkil qilsa, kafillik talab qilinmaydi;
Ish haqi 2-3 million bo‘lib, kredit qaytarish summasi 4-5 million so‘m bo‘lsa, qo‘shimcha kafillik olinadi.
Qanday hujjatlar kerak?
Kredit oluvchidan:
1. Mahalladan yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma (oila a’zolari ko‘rsatilgan holda);
2. Ish joyidan lavozimi va oxirgi bir yillik daromadi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
3. Pasport nusxasi;
4. Mehnat daftarchasi nusxasi;
5. Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (INPS);
6. STIR (INN) nusxasi;
7. Avtomashina summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi;
8. “GM Uzbekistan” rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi kabi hujjatlar talab qilinadi.
Kafil shaxsdan esa quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
1. Mahalladan yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma (oila a’zolari ko‘rsatilgan holda);
2. Ish joyidan lavozimi va oxirgi bir yillik daromadi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
3. Pasport nusxasi;
4. Mehnat daftarchasi nusxasi;
5. Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (INPS);
6. STIR (INN) nusxasi.
Avtokreditning asosiy shartlari
- Garov depoziti — avtomobil narxidan 30 foiz; (to‘lov turi istalgan shaklda, omonatga yillik 11 foiz hisoblab kreditga yo‘naltiriladi)
- Kredit muddati — 4 yilgacha;
- Kredit foizi — yillik 20 foiz.
Jo‘rabek O‘ROQOV,
“Aloqabank”ning bosh ofisi
Jismoniy shaxslarni kreditlash boshqarmasi boshlig‘i.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
“Aloqabank”ning bosh ofisi
Jismoniy shaxslarni kreditlash boshqarmasi boshlig‘i.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi