15:50 / 01.03.2018
6 609

Hujjatbozlik va ovoragarchiliksiz: 1 apreldan boshlab avtomobillarni 15 daqiqa ichida ijaraga olish mumkin (video)

Hujjatbozlik va ovoragarchiliksiz: 1 apreldan boshlab avtomobillarni 15 daqiqa ichida ijaraga olish mumkin (video)
Shu yilning 1 aprelidan boshlab avtomobillarni 15 daqiqa ichida ijaraga olish mumkin bo‘ladi. “Yoshlar” telekanali ana shu mavzuda lavha tayyorladi.

“Rentcar” xususiy kompaniyasi mashinalarni sanoqli daqiqalarda, ortiqcha hujjatbozlik va ovoragarchiliksiz ijaraga berish tizimini yo‘lga qo‘ymoqda. Buning uchun sizdan pasport hamda haydovchilik guvohnomasi va besh yillik tajriba talab etiladi, xolos.

Avtomobillar bir sutkadan bir oygacha ijaraga beriladi. Ma’lum qilinishicha, avtomobillarni ijaraga olishda eng muhim shartlardan biri bu garov puli. Garov puli miqdori 4 million so‘m atrofida.

Narxlar esa avtomobillarning markasi va turiga qarab, kuniga 250 ming so‘mdan 800 ming so‘mgacha to‘lanadi. Bu xizmatdan yurtdoshlarimiz va chet ellik fuqarolar ham foydalanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hujjatbozlik va ovoragarchiliksiz: 1 apreldan boshlab avtomobillarni 15 daqiqa ichida ijaraga olish mumkin (video)