07:04 / 24.04.2018
8 040

“Malibu”ning “shapkasi” qancha?

“Malibu”ning “shapkasi” qancha?
Boshidanoq aytib qo‘yaylik, tahliliy maqola yozishni rejalashtirmadik. Ammo GM Uzbekistan kompaniyasining xaridorlarga qaratilgan turli o‘rtakashlardan saqlanish haqidagi rasmiy axborotnomasini ko‘rgach, eski dard yana qichishga tushdi. “Sizga avtomobil yetkazib berish uchun shartnoma rasmiylashtirishda yoki uning muddatlarini tezlashtirishga yordam berish yoki shu kabi boshqa «xizmat»larni taklif qilayotgan shaxslar va’dalariga ishonmaslikka chaqirib qolamiz. Avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar faqatgina ro‘yhatga olingan rasmiy murojatlar (arizalar) asosida avtomatik tarzda yaratiladigan yagona elektron navbat bo‘yicha amalga oshiriladi”, deydi kompaniya mijozlarning g‘amini yegan holda.

Ammo turli “o‘rtakash” va “vositachi” kimsalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lyaptimi? Yashirilgan kasalni ijtimoiy tarmoqlardagi “isitmasi” oshkor etdi. “Rasmiy axborotnoma” ostida qoldirilgan izohlarni ko‘zdan kechiramiz.

Anvar ismli sayt a’zosi “Hurmatli GM! Sizning monopoliyangiz haqiqatan, jonga tegdi! Agar fuqarolarimizni avtomobil bilan ta’minlay olmasangiz nega monopoliyada saqlaysiz? 2017 yilning oktyabridan beri “Malibu 2”ga navbatda turibman, navbat umuman surilgani yo‘q! To‘qqizinchida edim, shundayligimcha qoldim, aprel o‘rtasiga yetyapti!!! Agar ajdahocha bojlar bekor qilinganda bu pulga jon deb yuqoriroq klassdagi avtomobil sotib olgan bo‘lardim! Navbat ham bo‘lmasdi... Narx Amerikadagidan 1,5 baravar qimmat, dunyoda bunaqasi yo‘q”, deydi. Kompaniya ma’muri undan uzr so‘rab muammoni hal qilishga va’da berdi.

Quyida shunga o‘xshash muammolardan yana bir necha kishi shikoyat qilgan. O‘tgan yilning dekabrida, avgustida navbatga yozilganlar haliga qadar avtomobil ololgani yo‘q. 45 daqiqada avtomobil yetkazib berish va’dasi ham bajarilmayapti.

Qahramon ismli foydalanuvchi o‘zbek avtomobili Rossiyada 1,5 barobar arzonligidan hayratlandi. “Naprimer jentra full elegant stoit 10000$v avto salone v Moskve a u nas 15000$. Prosta pipets. Molodsы GM”, deya istehzo qildi u.

Yagona elektron savdo portali toza ishlayotganini ham shubha ostiga olishdi. Abror ismli foydalanuvchi “Shartnoma shartiga qarang "60 ish kuni" da yetkazib beriladi degan javob olasiz! Nima emish "bizda yagona portal"..! O‘sha "yagona portal" ma’lumotlari chalkash, bir kun 37 navbatdasiz 1 haftadan keyin 39 navbatga “ko‘tarilgan” bo‘lasiz.... Avtomashinani "tez" olib chiqib ketayotganlar qanday olayapti desang "isboti va hamma malumotlari bilan aytsangiz ko‘rib chiqamiz" emish”, deb yozdi.

Sayt a’zolaridan biri o‘ta mantiqli masalani ko‘ndalang qo‘ydi: “Kim o‘ylab topgan puli to‘langan mashinani bir necha kundan yoki oydan keyin berishni?”.

Foydalanuvchilarning biri "Malibu"ning shapkasi qancha?" deya savol berdi.

Bundan tashqari Drivers Village avtosalonida Rossiya bozori uchun RAVON brendi ostida 2017 yilda ishlab chiqarilgan avtomashinalar 60 kun ichida yetkazib berish sharti bilan taklif etilmoqda (havolani bosing). Vaholanki, o‘tgan yili OAV uchun tashkil etilgan maxsus press-turda Rossiya va umuman tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan avtomashinalar ichki bozorda sotilmasligini qat’iy ma’lum qilingandi.

Yagona elektron navbat tashkil etilgach, xaridorlar aldam-qaldam ishlar va firibgarliklar ortda qoldi, deya suyungandi. Erta suyunishgan ekan.

Balki, Siz bilarsiz: “Malibu”ning “shapkasi” qancha?

Manba: Carzone.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “Malibu”ning “shapkasi” qancha?