Foto: GM Uzbekistan
2018 yilning iyul oyidan e’tiboran GM Uzbekistan AJ ishlab chiqarish quvvatlarida Matiz rusumli avtomobillarni yig‘ish yakunlanadi. Ushbu qaror modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyaga muvofiq hamda ushbu avtomobilning texnik eskirganligini inobatga olgan holda qabul qilindi, deb xabar bermoqda kompaniya axborot xizmatiga tayanib Kun nashri.
Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatilgan.
GM Uzbekistan iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini bajarilishini va avtomobillarni tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘laligicha yetkazib berilishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Matiz avtomobili Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan to‘rtinchi model bo‘lib, 2001 yil avgust oyidan yig‘ila boshlangan. 2004 yil dekabr oyida dvigatel hajmi 1 l bo‘lgan Matiz Best xamda avtomatik uzatma qutili modifikatsiyalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Matiz avtomobillari kichik hajmli avtomobillar sinfiga tegishli bo‘lib, ushbu sinfdagi avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj Spark avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish orqali qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Andijondagi avtomobil zavodini tanqid qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi