21:49 / 14.06.2018
11 447

O‘zbekistonda avtomobillar oynalarini qoraytirishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda avtomobillar oynalarini qoraytirishga ruxsat beriladi
Foto: autostrada.uz
O‘zbekistonda pullik asosda avtomobil oynalarini qoraytirish(tonirovka)ga ruxsat berish taklif etilyapti.

Qaror loyihasiga ko‘ra, ort tomondagi oynani qoraytirish qiymati 3,44 million so‘m, ort tomondagi va ikkita yon oynani qoraytirish 6,9 million so‘mga teng bo‘ladi. Loyihada old tomondagi oynalar nazarda tutilmagan. Xorijliklar uchun bu borada ruxsat olishlari uchun 15 AQSh dollari to‘lashi kerakligi ko‘rsatib o‘tilyapti, deb yozmoqda "Xalq so‘zi".

Qayd etilishicha, bundan kelib tushgan mablag‘larning 90 foizi mahalliy byudjetga, shundan 50 foizi poytaxt, 40 foizi tuman byudjetiga yo‘naltiriladi. Mablag‘lar “Obod mahalla” dasturini va boshqa ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun sarflanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda avtomobillar oynalarini qoraytirishga ruxsat beriladi