00:12 / 19.07.2018
7 976

O‘zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi
Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanaliga tayanib Kun nashri.

Xabarda bildirilishicha, qarorga muvofiq 2018 yil 1 avgustdan qoraytirilgan oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berildi.

Oynalarni qoraytirish Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi» DUK tomonidan amalga oshiriladi.

Oynalarni qoraytirish uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX)dan ruxsatnoma (1 yilga beriladi) olish kerak.

Orqa oynani yorug‘lik o‘tkazuvchanlik besh foizdan kam bo‘lmagan (95 foizga qoraytirish), orqa yon oynalarni yorug‘lik o‘tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo‘lmagan (70 foizga qoraytirish) darajada o‘zgartirish mumkin.

Old oynaning tepa qismini 14 santimetrdan ko‘p bo‘lmagan va yorug‘lik o‘tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo‘lmagan shaklda o‘zgartirish uchun ruxsatnoma shart emas.

Xorijiy davlatlarning oynalari qoraytirilgan yengil avtotransport vositalari O‘zbekistonga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun 15 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so‘m), yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so‘m) va xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so‘m) etib belgilandi.

Avvalroq «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlari avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov miqdori yuqoriligini bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi