Spot.uz nashri yangi avtomobillarni birlamchi bozordan xarid qilish uchun avtokreditlar berayotgan banklar tahlilini keltirdi.
«Turonbank»
Bank nafaqat ikkilamchi, balki birlamchi bozordan avtomobillar xarid qilish uchun kreditlar ajratishni boshladi. Kreditlar uch yilgacha muddatga (imtiyoz davrisiz) 1 000 EKIH dan oshmagan miqdorda beriladi. Yillik foiz stavkasi dastlabki to‘lov miqdoriga bog‘liq. Agar u 25 foizdan 34 foizgacha bo‘lsa, stavka 24 foiz; 35—49 foiz uchun 22 foiz; 50 foiz va undan ortig‘i uchun 20 foiz.
«Aloqabank»
Avtokreditning garov depoziti 30 foizdan 25 foizga qisqargan. Kredit muddati — 4 yil, foiz stavkasi — 20 foiz.
«Trastbank»
Kredit uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga, kreditni qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi. Foiz stavkasi dastlabki to‘lovga bog‘liq — agar u 30 foiz bo‘lsa, stavka 24 foiz; 40 foiz uchun 23 foiz stavka; 50 foiz uchun esa 22 foiz.
Asia Alliance Bank
Mazkur bankda maksimal foiz stavkasi pasaygan — u fevral oyida 28 foizni tashkil etgan bo‘lsa, endi 26 foizdir. Kreditlar uch yildan besh yilgacha muddatga beriladi, dastlabki to‘lov miqdori — 25 foizdan kam bo‘lmagan. Foiz stavkalari — 24, 25 va 26 foiz.
«Ravnaq-Bank»
Avtokreditlar ikki shaklda taklif etilmoqda: qisqa muddatli (bir yilgacha bolgan muddatga) va uzoq muddatli (uch yilgacha). Birinchi holatda foiz stavkasi 24 foiz, ikkinchisida 28 foiz.
Hamkorbank
Bank avtomobillarni birlamchi bozordan sotib olish uchun avtokreditlar bera boshladi. Shartlari — EKIH 1000 baravarigacha, muddat 36 oygacha, minimum 30 foiz dastlabki to‘lov, minimal foiz stavkasi 25 foizgacha. Ikkilamchi bozordan avtomobil xarid qilish uchun shartlar boshqacha.
«Ipoteka Bank»
Bank uch yillik muddatga yillik 20 foiz stavkali avtokreditlar bermoqda. Kredit summasi — EKIHning 700 barobarigacha, depozit miqdori avtomobil qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
«Ipak yo‘li bank»
Kredit 36 oygacha bo‘lgan muddatga, 250 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan summaga beriladi. Dastlabki to‘lov 49 foizgacha bo‘lganda yillik 25,5 foiz stavka, 50 foizdan ortig‘i uchun yillik 24 foiz stavka.
Orient Finance Bank
Avtokredit 48 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga, 300 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan summaga beriladi. Stavka dastlabki to‘lov miqdoriga bog‘liq: 25 foiz to‘lovda 22 foiz stavka, 50 foiz va undan ortig‘i uchun 20 foiz. Dastlabki to‘lov amalga oshirilmagan holatda (kredit summasining 50 foizidan kam bo‘lmagan mol-mulkni garov sifatida taqdim etish evaziga) — 23 foiz yillik stavka bilan.
«Kapitalbank»
Avtokredit 4 yilga berilmoqda. Foiz stavkasi 26 foiz, summa — EKIHning 1000 barobarigacha.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi