13:27 / 29.08.2018
7 266

GM Uzbekistan Nexia va Malibu ishlab chiqarishni keskin oshiradi

GM Uzbekistan Nexia va Malibu ishlab chiqarishni keskin oshiradi
Deyarli bir oylik tanaffusdan soʻng qayti ish boshlagan GM Uzbekistan kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi bozoridagi haridorlar talablarini qondirish maqsadida, talab yuqori boʻlgan avtomobillar modellarini ishlab chiqarish xajmlarini oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Hususan, General Motors Uzbekistan AJ tomonidan mexanik uzatmali Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish xajmlari avgust oyidan boshlab 3 501 donaga, sentyabr oyida esa 4 143 donagacha oshiriladi, yil oxirigacha esa ushbu modelning ishlab chiqarish xajmlari 34 804 donagacha yetkaziladi.

Shuningdek, Malibu avtomobilini ishlab chiqarish xajmlari oyiga 240 donadan 2 200 donaga oshirish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, kompaniya GM avtomobillarini elektron navbatda turib sotib olish mumkinligini maʼlum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan Nexia va Malibu ishlab chiqarishni keskin oshiradi