22:22 / 31.08.2018
4 776

GM Uzbekistan yangi “Oʻzimiz boramiz” xizmatini yoʻlga qoʻydi

GM Uzbekistan yangi “Oʻzimiz boramiz” xizmatini yoʻlga qoʻydi
GM Uzbekistan yangi “Oʻzimiz boramiz” xizmatini yoʻlga qoʻydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

“Onlayn arizalarni va shartnomalarni rasmiylashtirish jarayoni koʻrib chiqilganda betob boʻlgani tufayli, band boʻlib vaqti boʻlmaganligi va boshqa uzrli sabablarga koʻra mijozlarimiz avtosalonga shartnomalarni olib ketishlari uchun oʻz vaqtida kela olmaslik holatlari tahlil qilindi. Natijada, baʼzi mijozlarda ular ogohlantirilgandan keyin 3 ish kuni ichida salonga kelmaganligi sababli shartnoma bekor qilinishi holatlari kuzatildi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur muammoni hal qilish va eng asosiysi mijozni shartnoma rasmiylashtirishini oʻz vaqtida va qulay amalga oshirishi uchun GM Uzbekistan AJ tomonidan sayyor shartnoma rasmiylashtirish punkti boʻlgan yangi “Oʻzimiz boramiz” xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Avtomobil xarid qilish (onlayn-navbat) uchun ariza bergan va avtosalondan telefon qoʻngʻirogʻi qabul qilgan poytaxtliklarning har biri 5 sentyabrdan boshlab “Oʻzimiz boramiz” xizmatidan foydalanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan yangi “Oʻzimiz boramiz” xizmatini yoʻlga qoʻydi