12:55 / 07.09.2018
8 458

GM Uzbekistan 30 mingga yaqin avtomobilni sotuvga qoʻydi

GM Uzbekistan 30 mingga yaqin avtomobilni sotuvga qoʻydi
GM Uzbekistan AJ sentyabr oyida shartnoma tuzadigan xaridorlarga noyabr oyida avtomobil olish uchun 29 314 dona shartnomalar mavjudligi haqida xabar qildi.

Shundan – 3 523 dona Damas, 680 dona Labo, 108 dona Matiz, 2 145 dona Spark, 7 889 dona Nexia, 8 173 dona Cobalt, 5 522 dona Lacetti, 996 dona Malibu, 278 dona Captiva.

“Har bir mijoz “GM Uzbekistan” AJ saytida kunlik tuzilgan shartnomalar roʻyxatini tekshirib borishi, shuningdek avtosalonlarda shartnoma tuzish uchun mavjud avtomobillar roʻyxati bilan modellar va dilerlik korxonalar kesimida tanishib borishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Barcha maʼlumotlar kunlik tarzda yangilanib boriladi va kelasi kunning soat 09:00gacha faol sanaladi. Dilerlik korxonalarida mavjud avtomobillar kun davomida shartnoma tuzilgan avtomobillarga qarab oʻzgarib borishi mumkin.

Qoʻshimcha savollar yuzaga kelgan taqdirda kompaniyaning Call-markaziga murojaat qilish mumkinligi aytib oʻtilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan 30 mingga yaqin avtomobilni sotuvga qoʻydi