Oʻzbekistonning RAVON avtomobil brendi Rossiyada 2018 yil avgust oyida birorta ham avtomobil sota olmadi. Bu haqda Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qoʻmitasining yangi hisobotida qayd qilingan.
Hisobotda qayd qilinishicha, eng koʻp sotilgan yangi yengil avtomashinalar asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Shu bilan birga, 2018 yil avgust oyida avtomobillar savdosining 11,0 foizga oʻsishi kuzatilgan. 2017 yilning shu davriga taqqoslanganda 14 644 dona avtomobil koʻproq sotilgan, jami 147 388tani tashkil etilgan. Umuman, 2018 yilning yanvar – iyun oylarida Rossiya bozorida jami 1 140 061 dona avtomobil sotilgan.
Biroq Oʻzbekistonning RAVON brendi Rossiya avtobozorida oʻz oʻrnini yoʻqotishda davom etmoqda. Korxona ketma-ket uchinchi oydirki umuman avtomobil sota olmay kelmoqda. Oʻtgan yilning shu oyida kompaniya Rossiyada 1 518 dona avtomobil sotishga muvaffaq boʻlgan va bu borada Rossiya bozorida kuchli 20 talikka kira olgandi, 2018 yilning ilk 5 oyi mobaynida jami 5 184 ta RAVON brendidagi mashinalar sotilgan edi.
Taqqoslash uchun, iyun oyida Rossiya bozorlarida Lada 28 683, KIA 18 857, Hyundai 13 993 dona avtomobillarini sotishga muvaffaq boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, RAVON iyun va iyul oyida ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmagandi. Shunga qaramay, kompaniya iyul oyi soʻnggida Rossiya bozori uchun chiqarilgan avtomobillari narxini keskin oshirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi