Dunyoda qanday avtomobillar boshqalarga nisbatan koʻproq avtohalokatga uchrashini bilasizmi?
Sugʻurta kompaniyalari ana shunday statistika maʼlumotlarini juda sinchikovlik bilan jamlab borishadi. Ular ushbu maʼlumotlar asosida avtomobillarning turli marka va modellari uchun sugʻurta toʻlovi miqdorini belgilashadi.
AQSHda har 1000 ta sugʻurtalangan avtomobilga yetkazilgan zararni qoplash uchun kelib tushgan murojaatlar soni quyidagicha ekan:
- Toyota Yaris — 28,5 ta murojaat
- Suzuki SX4 — 26,6 murojaat
- Chevrolet Aveo — 26 murojaat
- Mitsubishi Galant — 25,4 murojaat
- Kia Rio — 24,9 murojaat
Sugʻurta kompaniya maʼlumotiga koʻra, ushbu avtomobillar egalari va yoʻlovchilari avariya vaqtida jarohat olishi ehtimoli ham eng katta ekan.
AQSHda eng koʻp avtohalokatga uchragan avtomobillar borasida yana bir statistika bor. Bu eng koʻp marotaba shikastlargan avtomobillar. Autocheck xizmati orqali aniqlangan ushbu statistikaga koʻra, kuzov remonti uchun eng koʻp marotaba murojaat qilgan avtomobillar quyidagilar boʻlib chiqqan:
- BMW 4, X1 Series — 18,5% (umumiy sotilgan avtomobillar sonidan)
- Range Rover Evoque — 16,5%.
- Jaguar XJ — 15,7%.
- Infiniti JX — 14,7%.
- Lexus RX 350 — 14,3%.
Koʻrib turganingizdek, bularning aksariyati quvvatli hamda biznes va premium klassga mansub avtomobillardir.
Yevropada esa vaziyat biroz boshqacha. Britaniyada oʻtkazlgan izlanishlargan koʻra, YTH oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun eng koʻp murojaat qilgan avtomobillar modellari aksilreytingi quyidagicha:
- Honda FR-V — 18,6% (sotilgan avtomobillar ichida)
- Volvo XC90 — 15,9%.
- Lexus RX — 15,5%.
- Mazda5 — 15,3%.
- Honda Jazz — 15%.
Eʼtibor bering, aksil reytingning birinchi uch qatorini yengil krossoverlar egallagan. Vaholanki, ayrim marketologlar aynan krossoverlarni va yoʻltanlamaslarni “yengil avtombildan koʻra xavfsizroq” deb maqtab sotishadi. Toʻgʻri, yengil mashina bilan yuzma-yuz toʻnashganda xavfsizroqdir, lekin burilishlarda, boshqaruv qulayligida, favqulodda toʻxtash va dumalab ketmaslik kabi faol xavfsizlik nuqtai nazaridan - yoʻltanlamas avtomobillar yengil avtombildan koʻra xavfliroqdir.
MDHda eng xavfli avtomobillar
MDH hududida eng koʻp avtohalokatga uchraydigan avtomobillarning rasmiy statistikasi eʼlon qilinmagan boʻlsada, alohida hududlar boʻyicha maʼlumotar mavjud.
Masalan, Belarusda, DAN rasmiy xabariga koʻra, eng koʻp avtohalokatga uchraydigan avtomobillar markalari quyidagicha:
- Honda —357 / 1 (ruyxatdan oʻtkazilgan har 357ta avtomobilga 1ta avariya toʻgʻri keladi)
- Alfa Romeo —374 / 1
- Subaru — 375/ 1
- Mercedes-Benz — 414 / 1
- BMW — 431 / 1
- Mitsubishi — 468 /1
- Mazda — 480 / 1
- Renault — 527 / 1
- Nissan — 540 /1
- Audi — 548 /1
Eslatib oʻtamiz, Belarusda bojxona toʻlovlari past boʻlgani uchun Yevropadan va Amerikadan istalgan markadagi yangi va foydalanilgan avtomobillarni sotib olish mumkin.
Belarusga qoʻshni boʻlgan Ukrainada esa statistika butunlay boshqacha. U yerda eng koʻp avariyaga uchraydigan avtomobillar VAZ, ZAZ va Moskvich boʻlib chiqdi. Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar kamroq avariyaga uchrashini ularning qimmatligi va kam tarqalganligibilan izohlash mumkin. Mahalliy va Rossiya avtomobillari esa koʻp tarqalgan va arzon, shuning uchun ularni koʻp hollarda yosh va tajribasiz haydovchilar sotib olishadi. Shu sababdan ushbu sinf avtomobillariga toʻgʻri keladigan avariyalar soni ham koʻp.
Rossiyaning Irkutsk va Uzoq Sharq hududlarida ham eng koʻp avariyaga uchraydigan avtomobillar ruyxati Rossiyaning Gʻarbiy qismiga oʻxshamagan. Irkutsk Ichki ishlar YHXX xabariga koʻra Bu yerda yosh haydovchilar koʻpros Yaponiyada ishlab chiqarilgan Toyota Mark 2 avtomobillarini xush koʻrishar ekan. Ushbu avtombillar kuchli dvigatelga ega, lekin boshqarilishi hamda texnik holati aʼlo boʻlmagani tufayli ular tez-tez avariyaga uchrab turar ekan. Ikkinchidan, koʻp hollarda YTHga uchragan avtomobillar rulida yosh va tajribasiz haydovchilar boʻlgan.
Aytmoqchi, Rossiyada YTHga eng koʻp uchraydigan avtomobillar statistikasi boʻlmasada, eng koʻp oʻgʻirlangan avtomobillar haqida batafsil maʼlumot jamlangan. Rossiyada eng koʻp oʻgʻirlangan avtomobillar markalari quyidagicha (Barcha oʻgʻirlangan avtombillarga nisbatan % hisobida):
- Lada - 31 % (turli modellar)
- Toyota - 16 % (Camry, Corolla, Land Cruiser, Rav 4)
- Hyundai - 7 % (Solaris)
- Kia - 6 % (Rio, Sportage)
- Nissan - 5 % (Almera, Teana)
Roʻyxatning oxirida Shevrole (2%) va Deu (1%) oʻrin olishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring