GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan yangi modellar, rusumi qanday bo‘lishidan qat’i nazar yagona platforma negizida barpo etiladi. «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Umidjon Salimov shu haqda ma’lum qildi.
U 2018 yilda Matiz, Orlando va Captiva avtomobillari konveyerdan olinganini ta’kidlab, Lacetti (Gentra) hamon ishlab chiqarilayotganini bildirdi.
“Lacetti ishlab chiqarish jarayoni saqlanib qoladi. Hozirgi kunda, biz Matiz, Orlando va Captiva modellarini ishlab chiqarishdan olganmiz. Chunki, bu masala hamkorimiz – GM kompaniyasining modellar chizig‘ini yangilash bilan bog‘liq. 2 oydan buyon 2019-2021 yillardagi modellar liniyasining konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu ish yil oxirigacha yakunlanganidan so‘ng, kelgusida qanday modellar ishlab chiqarilishi aniq bo‘ladi.
Ta’kidlashim mumkinki, ularning barcha tubdan yangi mashinalar bo‘ladi. Ammo ular bitta – yagona platformada, turli kuzov va hakozolarda ishlab chiqiladi. Bu esa, avtomobil tannarxini pasaytirish va sifatini oshirishga olib keladi”, - dedi Umidjon Salimov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi