GM Uzbekistan zavodlarida kuniga mingdan ziyod avtomobil ishlab chiqariladi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Umidjon Salimov «Avtomobillarni onlayn tarzda sotuvga chiqarish to‘g‘risida» gi brifingda ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».
Shuningdek, u ilgari «O‘zavtosanoat» tizimida bunday bo‘lmaganini ta’kidladi.
«Ilgari kuniga 700—750 avtomobil ishlab chiqarilishi mumkin edi. Endi ular soni 1 100 ga yetdi. Ishlab chiqarish hajmida qanchalik tez o‘sish bo‘lsa, xaridorlar uchun kutish muddati shu darajada pasayadi», — deydi Umidjon Salimov.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili yengil avtomobillar hajmi 135 ming donani tashkil etdi. 2016 yil bilan taqqoslaganda o‘sish 58 foizdan oshdi.
Joriy yilning yanvar—sentyabr oylari mobaynida 124 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarildi.
Avvalroq GM Uzbekistan avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilish bo‘yicha O‘zbekistondagi birinchi internet va mobil platforma ishga tushirilgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi