Xorazmlik fuqaro “sayr qilgisi kelgani uchun” mashina o‘g‘irladi

Xorazmlik fuqaro “sayr qilgisi kelgani uchun” mashina o‘g‘irladi
Xorazmlik fuqaro “sayr qilgisi kelgani uchun” mashina o‘g‘irladi

Xorazm viloyati Yangiariq tumani IIBga mahalliy fuqarodan “VAZ-2103” rusumli “Jiguli” avtomashinasi o‘g‘irlangani haqida ariza kelib tushdi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning “Na postu” gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi kun.uz.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u besh daqiqaga do‘konga kirib ketganida, avtomobil o‘g‘irlab ketilgan. Tezkor choralar natijasida avtomobil viloyatning Urganch tumanidan topilgan.

“Ma’lum vaqt o‘tib, mashinani olib qochgan shaxs ham topildi. Bu – hech qayerda ishlamaydigan 26 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. U o‘z aybiga iqror bo‘lib, “sayr qilgisi kelgani sabab” mashinani olib qochganini aytdi”, – deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar