“Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yig‘imlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida“gi loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Mazkur Nizom xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yig‘imlarni undirish tartibini belgilaydi.
Nizomda xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari deganda, xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatda turgan, yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan, to‘la vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan, old, yon va orqa oynalaridan biri yoki bir nechtasining (tomidagi lyuk oynasi bundan mustasno) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalari tushuniladi.
Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun Davlat byudjetiga tushadigan 15 $ miqdorida yig‘im undiriladi.
O‘zbekiston hududiga vaqtinchalik kirgan yoki tranzit harakatlanishida bo‘lgan chet el rasmiy delegatsiyalarining oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalariga tadbiq etilmaydi.
Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan yig‘imlarni undirish milliy valyuta “so‘m“da Markaziy bankning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan naqd pul shaklida, bevosita bojxona postlarida amalga oshiriladi.
Davlat bojxona qo‘mitasi chegara bojxona postlari:
- O‘zbekiston hududiga vaqtincha kirish va tranzit harakatlanish uchun chegara bojxona postidan o‘tayotgan xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarini aniqlaydi;
- ushbu avtotransport vositalarining haydovchilarini majburiy yig‘imlarni to‘lashi uchun chegara bojxona postidagi bank kassalariga yo‘naltiradi.
Chegara bojxona postlaridagi bank kassalari:
- xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan majburiy yig‘imlarni qabul qiladi;
- majburiy yig‘im qabul qilinganligi haqida xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisini ko‘rsatgan holda kvitansiya rasmiylashtiradi va uning bir nusxasini haydovchiga beradi.
Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan undirilgan yig‘im mablag‘larini tijorat banklari orqali Davlat byudjetiga yo‘naltiriladi.
Loyiha rad etilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi