date

GM Uzbekistan 2015 yildan Daewoo Labo’ni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

GM Uzbekistan 2015 yildan Daewoo Labo’ni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

GM Uzbekistan kompaniyasi 2015 yildan yangi model – Daewoo Labo mikrovenlarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib, Podrobno.uz xabar bermoqda

GM Uzbekistan shunday kichik yuk avtomobillarini yiliga 5 mingtagacha ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu loyiha uchun kiritiladigan investisiya hajmi esa 15,1 milliard so‘mni tashkil etadi.

Bortiga 550 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladigan Daewoo Labo avtomobili 1991 yildan beri ishlab chiqariladi va Suzuki Carry’ning to‘liq nusxasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda avtomobilning ikkinchi avlodi ishlab chiqarilmoqda.

Ba’zi mamlakatlarda Daewoo Labo boshqacha – Chevrolet CMP nomi bilan tarqalgan. Labo 0,8 litr hajmli dvigatel va mexanik uzatmalar qutisi bilan ta’minlanadi.

Manba: kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan 2015 yildan Daewoo Labo’ni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi